Telekanallardagi sprey (dezodorant) reklama namoyishi to‘xtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Abror Zohidovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2024-yil 25-iyun kuni telekanallarda joylashtirilgan “O‘o‘o‘o‘v birodarlar, ayting! «Erkakdek xushbo‘ylanish» nima degani?” mavzuida erkaklar uchun sprey (dezodorant) reklama mazmuniga oid e’tirozi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, reklamada – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib…




















