Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan turli yo‘nalishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlari o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda.
Murojaatlar hududlar kesimida
Qashqadaryo viloyati
🔴 Hududiy boshqarmaga Qamashi tumanida yashovchi fuqaro R.Z.ning “Junior IT Akademiyasi” faoliyatidan norozi ekanligi bildirilgan.
🔴Xususan, fuqaro o‘quv markaziga ukasini qo‘shimcha darslarga ishtirok etishi uchun 1 mln 52 ming so‘m to‘lovni amalga oshirgan, ammo o‘quv mashg‘ulotlari jarayoni ularni qoniqtirmagani sababli markazi ma’muriyati hamda tegishli organlarga murojaat qilgan, ammo muammo yechim topmagan.
🔴O‘rganishlar natijasida fuqaroning talabi bilan o‘quv kursi uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Farg‘ona viloyati
🔴Hududiy boshqarma tomonidan Farg‘ona viloyatidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida mavjud taomnomalarning davlat tiliga mosligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
🔴Xususan, Quvasoy shahridagi «SUMAYa’S SWEETS» oilaviy korxonasiga qarashli “Sumayya”oshxona taomnomasi xorij (rus) tilida yozilganligi aniqlandi.
🔴Shuningdek, Oltiariq tumanida faoliyat olib borayotgan «Xolmat buva choyxonasi» xususiy korxonasiga qarashli «Xolmat buva choyxonasi» nomli oshxonada esa iste’molchilar uchun umuman taomnomalar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
🔴Mazkur ovqatlanish korxonalariga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etish yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilishi natijasida iste’molchilar uchun taomnomalar o‘zbek tilida (davlat tilida) tayyorlanib, taqdim etilishi ta’minlandi.