Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari xodimlarini raqobat siyosati bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.
Ushbu kurs davomida ishtirokchilar quyidagi asosiy mavzular yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar:
⏺“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy tamoyillari;
⏺Ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliyalar;
⏺Insofsiz raqobat holatlari va kartel kelishuvlari;
⏺Davlat xaridlari va tender jarayonlarida raqobatga oid qonunbuzarliklar;
⏺Raqamli platformalarning bozordagi hukmron mavqeini baholash;
⏺Birja savdolaridagi manipulyatsiya va huquqiy javobgarlik.
Ma’ruzalarni sohada katta tajribaga ega mutaxassislar – qo‘mita mas’ullari va yuridik doira vakillari olib bordi.
Amaliy misollar, mutaxassislar bilan ochiq muloqot va test sinovlari orqali o‘quv jarayoni yana-da samarali o‘tdi.
Mazkur kurs raqobat muhitini takomillashtirish, davlat idoralari va biznes subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.