O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:
Tadbirkorlar uchun yana-da qulayliklar yaratish maqsadida tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) onlayn tarzda avtomatlashtirilgan tizimda auksionlarga chiqarilmoqda. Bu ortiqcha ovoragarchiliklarsiz inson omili aralashmagan holatda savdolar o‘tkazilishi imkonini beradi.
Shuningdek, ushbu jarayonning qulayliklaridan yana biri tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o‘rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida “E-auksion” elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion g‘olibiga avtomatik tarzda beriladi.
Yuqoridagilarning asosi sifatida joriy yilning 24-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan tashqi reklama obyektlari “Tashqi reklama” raqamli monitoring tizimi “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirildi.
Joylashtirilgan lotlar:
📷1-lot: 3×6 m statik bilbord; (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=14673396)
📷2-lot: 3×6 m LED texnologiyali bilbord. (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=14705851)
Ushbu yo‘nalishda Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK muhim texnik va tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.
Tadbirkorlar ushbu auksionda 30 kun davomida ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.