Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Kommunal tashkilotlar xodimlarini raqobat siyosati bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kursi doirasida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
⏺“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati;
⏺Ustun mavqe va monopoliyalarni e’tirof etish mezonlari;
⏺Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish talablari;
⏺Insofsiz raqobat holatlari va ularni aniqlashning huquqiy asoslari;
⏺Kartel kelishuvlari va raqobatga zid kelishuvlarning turlari;
⏺Davlat xaridlari, tender jarayonlari va ulardagi huquqbuzarliklar;
⏺Raqamli platformalarning bozordagi ustun mavqeini baholash mezonlari;
⏺Birja savdolaridagi tartib, manipulyatsiyalar va huquqiy javobgarlik.
Darslar yuksak malakali mutaxassislar tomonidan olib borilib, ishtirokchilar uchun nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unlashgan holda o‘tkazildi.
Ushbu tadbir raqobat qonunchiligini yana-da mustahkamlash va sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.