O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvidagi nutqi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga an’anaviy do‘stona qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan samimiy minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich, sizning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlarini ilgari surish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlaringizni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Sizning tashrifimiz arafasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo Renessansi: barqaror taraqqiyot va farovonlik sari” dasturiy…