Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblandi. Qo‘mita tomonidan o‘tgan 2024-yilda bu borada tizimli o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida
Raqobat qo‘mitasi tomonidan jami 1 464 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalari “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 6 ta korxona – “ISKANDER TOURS”, “DIYOR MARKET KUNGRAD”, “OKS TOURS”, “AMUDARYO TELEVIDENIYESI” MChJlar va AT “XALQ BANKI”, ATB “TURON BANK” tomonidan reklama qonunchiligi talablarini buzganligi ma’lum bo‘ldi.
Boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ularga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Buxoro viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda jami 2 998 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalari 11 ta korxonaga tegishli ya’ni “UMNAYA MALISHKA” XTM, “AZIMED HOSPITAL” OK, “SANOAT GILAM” MChJ QK, YATT “TAIROVA MEXRINISO KAXRAMONOVNA” hamda “MUHAMMADSODIQ HAKBERDIYEV”, “MEGA HOUSE STROY LYUKS”, “OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”, “TURON CONSALT”, “DERA BUKHARA”, “BUXORO INNOVATSION TIBBIYOT INSTITUTI” va “BUXORO KITOB OLAMI” MChJlarda reklama qonunchiligi talablariga rioya qilinmagan.
Boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ushbu reklama beruvchi subyektlarga ish qo‘zg‘atildi va bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Jizzax viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 3042 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalarini o‘rganish jarayonida 1218 ta noto‘g‘ri joylashtirilgan yoki davlat tilida yozilmagan hamda imloviy xatolari bo‘lgan reklamalardagi kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Xususan, 6 ta tashkilot ya’ni “Ipoteka-bank” ATIB Jizzax filiali, “AT Aloqa bank” Jizzax filiali hamda “ASIA SCHOOL”, “KARINA KAYU”, “MEXR ISHONCH UMID” va “RENDOOR” MChJlarga reklama qonunchiligi talablarini buzgani uchun tegishli ogohlantirish xatlari berilgan. Ammo kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf qilinmagani bois boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan jami 2 274 ta turli o‘lcham va ko‘rinishdagi reklama vositalarini “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganishlarda 30 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ya’ni “Imkon ta’lim”, “MURODlNl YEDU”, “NAMANGAN FLAMINGO RESTORAN”, “KOKOBANGO”, “CHUST TANHO MMM”, “MARMARA TREVAL”MChJlar hamda “NAMANGAN YANGILIKLARI”, “SHOPIRLAR” va “AL BUXORIY TRAVEL” telegram kanallari, shuningdek, 20 dan ortiq jismoniy shaxslar tomonidan reklama qonunchiligi talablari buzilganlik holatlari aniqlandi va ushbu subyektlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.