Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya bilan samarali muloqot qilish bo‘yicha navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida qo‘mitaning ijtimoiy tarmoq sahifalarini rivojlantirish, kontent rejalashtirish va foydalanuvchilarni faol jalb qilish usullari ko‘rib chiqildi.
Mashg‘ulotlarda Qo‘mitaning har bir hududiy boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati vakillari ishtirok etib, interaktiv va foydali kontent yaratish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.