Ijtimoiy tarmoqlar orqali Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan “IT ta’lim markazlariga subsidiya berish (IT talents) axborot tizimini takomillashtirish orqali “IT-Istedod”, “Uzbekcoders” va “IT-shaharcha” modullarini yaratish bo‘yicha” o‘tkazilgan tanlov yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan dastlabki tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ish belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.