Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2025-yilda markaziy apparat xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan sport tadbirlari doirasida navbatdagi stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va jonli o‘tgan musobaqada ishtirokchilar epchillik, tezkor qaror qabul qilish va aniqlik bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlarda faol qatnashgan barcha xodimlarimizga tashakkur bildiramiz hamda g‘oliblarni samimiy qutlaymiz!
Sport bilan hayotga harakat va faollik qo‘shing!