ISTE’MOLCHIGA 182 MLN SO‘M QAYTARIB BERILISHI TA’MINLANDI

Bugungi kunda yurtimizda aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan ko‘p qavatli xonadonlar qurilishi keng ko‘lamlarda olib borilmoqda. Lekin, ushbu sohada ham ayrim tadbirkorlar tomonidan iste’molchilar huquqlarini buzish holatlari kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar qat’iy nazoratga olingan. Jumladan, Surxondaryo viloyati Saraosiyo tumanida…

PORA OLISH – MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN PORA BERUVCHINING FOYDASIGA MUAYYAN HARAKATLARNI BAJARISH YOKI BAJARMASLIGI UCHUN MODDIY QIMMATLIKLAR OLISHI YOXUD MULKIY MANFAATDOR BO’LISHI.

Pora olish – mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining foydasiga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmasligi uchun moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo’lishi. Pora berish – mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachi orqali pora berish. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va 211-moddalariga ko’ra 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishiga sabab bo’ladi. Batafsil…

HUDUDLARDA JAMOATCHILIK BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Andijon viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i U.Jo‘rayev va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Mazkur ochiq muloqot davomida, hududiy boshqarma o’rinbosarlari I.To’raboyev raqobotni rivojlantirish sohasida, O.Boltaboyevni esa…

SAVOL: Lombard saqlovga qo‘yilgan tilla zanjirimdan foydalanishga haqi bormi?

FUQARODAN SAVOL: Lombardga garov sifatida tilla zanjirimni bergandim. Lombard saqlovga qo‘yilgan tilla zanjirimdan foydalanishga haqi bormi? JAVOB: Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi. Lombard qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida amalga oshirishga…

Tadbirning ikkinchi yarmida “Tovar-xomashyo birjalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi bo’lib o’tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi PF-169-son Farmoniga asosan Raqobatni rivojlantitish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Tovar-xomashyo birjalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.

“Raqobat qo‘mitasining kitobxon xodimi” taqdirlandi

So‘nggi yillarda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobsevarlarni ko‘paytirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni 1-ilovasi 39-maqsad – Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat…

Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminar davom etmoqda

Tovar-xomashyo birjalarini tartibga solishda AQSh tajribasiga bagʻishlangan davra suhbatida: 🔘 litsenziyalovchi organ va regulyator sifatida tovar birjalari faoliyatini tartibga solish; 🔘 tovar-xomashyo birjalarida narxlarni manipulyatsiya qilish va boshqa raqobatga zid harakatlarning oldini olish chora-tadbirlari; 🔘 vakolatli organ tomonidan birjadagi kundalik operatsiyalarni nazorat qilish tartibi haqida AQSh ekspertlari tomonidan bafurja ma’lumotlar berilmoqda.

Shaffof tovar-xomashyo savdolari ta’minlanishi YIMni 5 foizga oshishiga olib kelishi mumkin

Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, AQSh Tovar fyucherslari tartibga solish komissiyasi, AQSh Savdo Vazirligi ekspertlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil qilingan Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminari bo’lib o’tmoqda. Tadbirda shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Istiqbolli…

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi. Bu borada…

Namangan viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 22-aprel kuni Namangan viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq davra suhbatida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i F. Soloxitdinov  va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda Mazkur ochiq muloqot davomida jismoniy…