Ommaviy axborot vositalari bilan samarali muloqot qilish, matbuot anjumanlarini tashkil qilish va jurnalistlar bilan ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus trening o‘tkazildi.
Treningda Qo‘mitaning har bir hududiy boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati vakillari ishtirok etib, OAV vakillari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish, matbuot tadbirlarini rejalashtirish va jurnalistlarning savollariga professional tarzda javob berish bo‘yicha zarur tavsiyalar olishdi.