Qo‘mita tashabbusi bilan banklarda iste’molchilar huquqlari mustahkamlanmoqda!
🟠 2025-yil 25-mart kuni Raqobat qo‘mitasida tijorat banklarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
🟠2024-yil davomida Qo‘mitaga 30 mingdan ortiq iste’molchilar murojaat qilgan bo‘lib, ularning 80% iste’molchi foydasiga hal qilindi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar bo‘yicha murojaatlarning 10% banklar bilan bog‘liq bo‘lgan.
🔍 Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki:
Iste’molchilar banklarga emas, balki nazorat organlariga shikoyat qilishni afzal ko‘radi.
Banklar murojaatlarni tezkor va xolisona ko‘rib chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda.
Axborot oshkoraligi va reklama qonunchiligiga rioya qilish borasida ham muammolar mavjud.
🌍 Xorijiy tajribani inobatga olgan holda, Qo‘mita banklar uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilish standartlarini ishlab chiqish va joriy qilishni taklif etmoqda. Bu jarayonda xalqaro ekspertlar, jumladan, German Sparkassenstiftung mutaxassislari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
➡️ Qo‘mita banklar va tadbirkorlik subyektlarini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi!