Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ustun mavqeiga ega “QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” DM tomonidan 2024-yil davomida Asfaltbeton issiq, sovuq qorishmasi, qora sheben mahsulotlarini sotish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” DM tomonidan o‘tgan yil davomida tuzilgan 4 ta shartnomalarning barchasida xaridor uchun kamsituvchi shartlar kiritilganligi bois korxona o‘z ustun mavqeidan foydalanish alomatlari mavjudligi aniqlangan.
Misol tariqasida, shartnomalarning quyidagi bandlarida:
Yetkazib berilgan mahsulotlar haqini kechiktirilganligi uchun “Xaridor” kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 % miqdorida, lekin shartnoma summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya to‘lashi qayd etilganligi;
Mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirilganligi uchun “Mahsulot yetkazib beruvchi” kechiktirilgan har biri kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 % miqdorida, lekin ushbu summasining 10 % dan oshmagan miqdorda, penya to‘lash sharti kiritilganligi;
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” davlat muassasasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.