Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “Uzum Tezkor” MChJ XK ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Asos: “Uzum Tezkor” MChJ XKning bu sohada ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomasi.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi.