Raqobat qo‘mitasiga Respublika bo‘ylab ta’lim, savdo, pochta, ta’lim va kommunal xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan tushgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
Jumladan,
Andijon viloyati
Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.X. “UZUM nasiya” orqali 600 ming so‘mga kitob buyurtma qilganiligi biroq yetib kelmaganligi sababli to‘lagan pulini qaytarib olish yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma o‘rganishlari natijasida, iste’molchiga mablag‘ qaytarilishi ta’minlandi.
Buxoro viloyati
Fuqaro B.N. xonadonidagi gaz hisoblagichining batareyasi va simkartasi ishlamayotgani hamda ular hududgazta’minot tomonidan almashtirib berilmayotgani bo‘yicha hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma o‘rganishlari natijasida fuqaroga hisoblagichning batareyasi va simkartasi yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
Jizzax viloyati
Fuqaro O.G‘. “OLCHA,UZ” elektron savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida xarid amalga oshirganligi, barcha to‘lovlarni to‘lab bo‘lgan bo‘lsa-da, fuqaroning bank plastik kartasidan 415 ming so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma o‘rganishlari natijasida asossiz tarzda yechib olingan mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi M.I 4,3 mln so‘m onlayn to‘lov amalga oshirib, yem maydalagich (drobilka) uskunasini buyurtma qilganligini, lekin mahsulot nosoz bo‘lib chiqqanligi sababli oldindan to‘lagan pulini qaytarib olish yuzasidan qo‘mitaga murojaat qilgan. Qo‘mita o‘rganishlari natijasida, fuqaroga 4,3 mln so‘m mablag‘ qaytarilishi ta’minlandi.
Navoiy viloyati
Fuqaro N.S. EMU Express kuryerlik xizmati orqali Toshkent shahriga kompyuter qurilmasini jo‘natganligi, biroq manzilga yetkazilgan mahsulotga tashqi ta’sir oqibatida zarar yetganligi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma o‘rganishlari natijasida, iste’molchiga ko‘rilgan zarar sifatida 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ to‘lab berilishi ta’minlandi.
Toshkent viloyati
Fuqaro “Millat umidi” ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomada avval mavjud bo‘lgan to‘lovni sakkizga bo‘lib to‘lash bandi olib tashlanganidan norozi bo‘lib, o‘z huquqlari tiklanishi talabida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan. Hududiy boshqarma o‘rganishlari natijasida ta’lim muassasasi tomonidan shartnoma bandlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ta’minlandi.








