O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimiz tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qildi. Uchrashuvda mamlakatimizning JSTga qo‘shilishi borasida ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qisqa muddat ichida Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi o‘tkazilgani, a’zo mamlakatlar bilan faol muzokaralar olib borilayotgani, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash shartlari muhokama qilina boshlangani va milliy qonunchilikni tashkilotning me’yor…











