Avval xabar berganimizdek, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan “Marva Hayat” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, qonunbuzilishi holatini to‘xtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/9725)
Biroq, ijtimoiy tarmoqlar orqali “HALILA” mahsuloti yordamida onkologik kasalliklarni davolashi va ularni to‘xtatishi borasidagi reklamalari tarqalashi davom etmoqda. Bu jamiyat uchun salbiy tendensiya bo‘lib kasal xolatdagi insonlarni ishontirib ularga ham iqtisodiy ham ruhiy pisoxologik holatlariga jiddiy ziyon yetkazmoqda.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan moliyaviy jarima qo‘llanganiga qaramay ushbu holat davom etganligi sababli «MARVA HAYAT» MChJ rahbarini belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortib, tegishli xujjatlar sudga yuborildi.