O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart,…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan…

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,…

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish…

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi pullik muqobil avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi pullik muqobil avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini ta’kidladi. Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tgan.…

Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, oʻz bilimi, isteʼdodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi. Davlatimiz rahbari yurtimiz yoshlarining har birida katta salohiyat,…

Oʻzbekiston Prezidenti Jahon banki bilan sheriklikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Jahon banki taʼsischi davlatlarining “Shveysariya guruhi” yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Antonella Bassani davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni…

Hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi

Hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi. Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisidagi nutqi

Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari! Hurmatli Odil Reno-Basso xonim! Qadrli do‘stlar! Sizlarni Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib turganimdan xursandman. Avvalo, hurmatli Reno-Basso xonim, islohotlarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz va Kengash faoliyatidagi samarali raisligingiz uchun sizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, bugungi anjumanda qatnashayotgan barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromimni izhor etaman.…