Boka Raton shahrida AQSh Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi (CFTC) tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tartibga soluvchi organlar uchrashuvi

Joriy yilning 8-9-mart kunlari AQShning Florida shtati, Boka Raton shahrida AQSh Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi (CFTC) tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tartibga soluvchi organlar uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 👥Mazkur uchrashuv xalqaro moliya va tovar bozorlarini tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi regulyatorlar o‘rtasida tajriba…

E’LON

E’LON Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 2026-yil 13-mart 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Joy: «RENESSANS» kino uyi Yig‘ilish doirasida Raqobat qo‘mitasi tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish,…

Davlat xaridlarida 28 300 dan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan

Davlat xaridlarida 28 300 dan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida shaffoflik va adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida xarid jarayonlari doimiy o‘rganilib, tahlillar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bartaraf etib borilmoqda. Xususan, o‘tgan 2025-yilda davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan jami boshlang‘ich qiymati 18,8 trln. so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.…