“Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Hududlarda bog‘lar yaratish, yo‘l bo‘ylarida 10 qatordan daraxtlar ekish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.…