Fransiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi. Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr…

Fransiya Prezidenti Samarqanddagi obidalarni tomosha qildi

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi. Davlat rahbarlari  YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me’morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, ushbu maskan bilan bog‘liq mashhur voqea va shaxslar xususida so‘zlab berildi. Fransiya…

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’oni karim oyatlari tilovat etildi. Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi. Maqbara majmuasi hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

MOBIL ALOQA XIZMATLARI BOZORIDA O‘TKAZILGAN TAHLILLAR NATIJALARI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida o‘tkazilgan tahlillar yuzasidan ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan  mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu xizmatlar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida…

«Qo‘mita tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar» to’g’risida brifing

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining maslahatchisi Otabek Usmonov AOKA brifingi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan 2023 yilning 9 oyligi davomida…

Bugun Raqobat qo’mitasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida 2023-yil 19-oktabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida belgilangan topshiriqqa muvofiq Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Raqobat qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov yig‘ilishni kirish so’zi bilan ochib xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Strategiyasi mazmun-mohiyati to’g’risida tushuntirishlar berdi. Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan: barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish; aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot…

E‘LON!

E‘LON! 2023-yil 31-oktabr kuni soat 12:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Raqobat qo‘mitasi tomonidan narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi…