Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari boʻlib oʻtgan muzokaralar natijalarini sarhisob qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Anqara shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi yakunlari yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida turkiyalik hamkasbiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va kengash doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bugungi kunda Turkiya barcha sohalarda ulkan…











