Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan uy-joy va savdo xizmatlar borasida tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda.
Hududlar kesimida misollar
📍Samarqand viloyati
Fuqaro Sh.M. uy-joy sotib olish maqsadida “ELPARVAR TURKMAN CITI” MCHJ bilan shartnoma tuzib, unga ko‘ra 60 oy davomida to‘lov amalga oshirishi lozim bo‘lgan va jami 12 mln 147 ming so‘m to‘lov qilgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra qolgan to‘lovlarni to‘lay olmagan. Qurilish korxonasi tomonidan mazkur xonadon boshqa shaxsga rasmiylashtirilib sotib yuborilgani sababli, u to‘langan pulni qaytarish yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, Quruvchi tashkilot fuqaroga pul mablag‘larini to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
📍Surxondaryo viloyati
Fuqaro Sh.F “Surxondaryo e’lonlari” Telegram kanali orqali mebellar to‘plami buyurtma qilib ushbu mahsulot uchun to‘lagan mablag‘ni qaytarish yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan fuqaroga pul mablag‘larini to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
📍Toshkent viloyati
Fuqaro “Uzum market” internet do‘konidan sotib olgan planshet tovarini nosozligi sababli pulini qaytarish yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, fuqaroga to‘lagan pul mablag‘lari qaytarib, berilishi ta’minlandi.
📍Xorazm viloyati
Fuqaro xarid qilgan kir yuvish mashinasi buyurtma qilganiday bo‘lib chiqmaganligi sababli shartnomani bekor qilinishi so‘rab murojaat qilishiga qaramasdan shartnoma bekor qilinmaganligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, fuqaroning mahsuloti qaytarib olinib shartnoma bekor qilindi hamda mahsulot uchun yechib olingan 750 000 so‘m pul mablag‘i qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.








