“NIKA PHARM” MCHJ, “Astor Alliance” MCHJ va “EVRO FARM BIZNES” MCHJlar tomonidan ortiqcha olingan mablag‘lar qaytarildi
Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumotlar tahlili davomida “NIKA PHARM” MCHJ, “Astor Alliance” MCHJ, “EVRO FARM BIZNES” MCHJlar tomonidan dori vositalari narxlarini asossiz oshirish holatlari aniqlandi.
Xususan,
➡️ “NIKA PHARM” MCHJ tomonidan( “GASTROMEG EZO (Nika Pharm) kapsulalari 40 mg №20”);
➡️ “Astor Alliance” MCHJ tomonidan (“Dolgit krem 50 g hamda Mezim f 10000 tabl. p.o. №20”);
➡️ “EVRO FARM BIZNES” MCHJ tomonidan (BROVENSIN (World Medicine) Sirop 100ml flakonlar”) dori vositasini sotishda belgilangan narxlarga rioya etilmaganligi natijasida jami 100 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingan.
Korxonalar tomonidan mazkur holat ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Jumladan, asossiz olingan daromad mavjudligi yuzasidan Soliq qo‘mitasidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida o‘rganish o‘tkazilib, ortiqcha olingan mablag‘larni qoplash choralari ko‘rilgan.
❗️Raqobat qo‘mitasi dori vositalarini realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik talablariga rioya etishga chaqiradi. Shuningdek, “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali dori vositalariga qo‘llanilayotgan ustamalarni muntazam tahlil qilib borish va qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda ularni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish tavsiya etiladi.








