RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Joriy yil 6-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Energetika vazirligi hamda O‘zenergoinspeksiya bilan birgalikda suyultirilgan gaz savdolari bo‘yicha birja ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish…

RAQOBATNI BUZADIGAN IMTIYOZLAR BEKOR QILINMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar sifatli tovar va xizmatlarni ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning birida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.