2026-yil 14–15-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Raqamli platformalarni monopoliyaga karshitartibga solish: xalqaro amaliyot, tendensiyalar va tartibga solish bo‘yicha metodologik tavsiyalar» mavzusida maxsus trening o‘tkazildi.
Mazkur trening doirasida spiker sifatida BRIKSning Raqobat huquqi va siyosati markazi direktori, Jahon banki eksperti Aleksey Ivanov va BRIKSning xalqaro markaz eksperti Darya Kotova hamda Markazning boshqa ekspertlari ishtirok etdilar.
Trening davomida raqamli platformalarning raqobatga zid xatti-harakatlarini aniqlash amaliyoti, raqamli bozorlarni tartibga solishning metodologik yondashuvlari, tarmoq effektlarini tahlil qilish, shuningdek, xorijiy raqobat organlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlari bo‘yicha ishlar yuritish tajribasi, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Treningda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va markaziy apparati vakillari, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari ishtirok etdilar.
Trening yakunida xodimlar raqamli platformalarning raqobatga zid amaliyotlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim hamda zamonaviy metodologik vositalarga ega bo‘ldilar. Bu esa raqamli bozorlarni tartibga solish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.








