MUVOFIQLIK SERTIFIKATI NIMA?

O‘zbeksiton Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida «iste’molchi» tushunchasi berilgan. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Tarmoqlarni tartibga solishda yuridik shaxslar birlashmalarining bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sirini cheklashga qaratilgan qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”  Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/83499)ga joylashtirilganligini ma’lum qiladi. Muhokamalar 2023-07-25 dan 2023-08-09 gacha davom etadi. Loyiha IDsi: 83499 Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar keng jamoatchilik…

Do‘stlar va hamkorlardan samimiy qutlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisini samimiy qutlar ekan, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda. Tabriknomalarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil…

O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqotida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida shayx Mansur Ol Nahayon davlatimiz rahbarini tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning salomi va…

ISTE’MOLCHIGA KOMPENSATSIYA TO‘LOVI UNDIRIB BERILDI

Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabulxonasiga Ishonch telefoni orqali qilgan murojaati O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar davomida, «InApp Travel» MChJ hamda fuqaro o‘rtasida 2022-yil 2-avgust kuni turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishilib, kelishuvga asosan, 2022-yil 24-31 avgust kunlari fuqaro va uning 2 ta farzandlari uchun Misr davlatining…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Turkiya rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar,…