O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari mintaqaviy loyihalarni yanada ilgari surish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya…

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama strategik sheriklikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida Bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turli darajalarda faol muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk…

O‘zbekiston Prezidenti IHT doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi. Birlashma doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu ko‘p tomonlama tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo, transport, investitsiyalar, innovatsiyalar, ekologiya, turizm sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun…

Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda.

Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda. Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT…

Ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023-y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shunga ko‘ra: Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash…

9-noyabr – Butunjahon Sifat kuni

9-noyabr –  Butunjahon Sifat kuni SIFAT- BU ISHONCH. BIZ SIFAT TARAFDORIMIZ! Bugungi kunda iste’molchi o‘ziga  zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatadigan savdo do‘konlari xizmatidan foydalanishga harakat qiladi. Bu ularning iste’molchilik huquqi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, iste’molchi   tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli, xavfsiz bo‘lishini talab qilishga…

Moliyaviy sohalarda iste’molchilar huquqlari himoyasi masalalarida Germaniyada xalqaro uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligidagi Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi joriy yilning 6-noyabr kuni Berlin shahrida Germaniya Iste’molchilar tashkilotlari federal assotsiatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar Germaniyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, yadroviy havfsizlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi mutaxassislari tomonidan…

“БАШКИРСКАЯ СОДОВАЯ КОМПАНИЯ” AJNING TOVAR BELGISIGA BO‘LGAN HUQUQI HIMOYA QILINDI

Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida joylashgan “Башкирская содовая компания” AJ 2015-yil 10-fevralda xalqaro ro‘yxatga olingan MBX1242730-sonli “Сода пищевая” jamlama tovar belgisining huquqiy egasi hisoblanadi. Guvohnomaga ko‘ra mazkur tovar belgisining amal qilishi  O‘zbekiston Respublikasiga ham tatbiq qilinadi. Mazkur korxona Qo‘mitaga ariza bilan  murojaat  qilib,  Toshkent shahrida joylashgan “AZIA MATCH” MChJ tomonidan ishlab chiqarilib sotuvga qo‘yilgan isteʼmol sodasi qadog‘ining…