Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilishda qonunchilik: yangicha metodik  yondashuv

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan 2023 yil avgust-dekabr oylarida axborot xizmatlari xodimlari, jurnalist, blogerlar uchun rejalashtirilgan media-treninglar rejasiga asosan 2023 yil 23 noyabrda ZOOM orqali Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining matbuotga mas’ul xodimlari uchun  “Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilishda qonunchilik: yangicha metodik  yondashuv” mavzuida  trening tashkil etildi.  Mediasavodxonlik,…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/BukharaNewsUz/65193) “Kriti svetafor”dagi Mega  marketda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tuxum chegirma bilan sotilmoqda. Magazindagi xodimga ma’muriyatga ayting desam, “Necha marta aytilgan, foydasi yo‘q”– deydi. Hurmatli 4 ta odamni boshqarib, o‘zini kimdirman deb o‘ylaydigan chala boshqaruvchilar, shu chegirmadagi mahsulotni oilangizga yediring, kamomad ham bo‘lmaydi.  SES qayerga qarayapsizlar!? Chora ko‘rishingizni so‘rayman!” mazmunida post qoldirilgan.…

Energetika tizimining qishga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi. Yil boshida kelgan anomal sovuqdan xulosa qilib, tizim salohiyati oshirildi. Avvalo, ichki imkoniyatlar to‘la ishga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Qolaversa, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Muassasa, korxona va turar joylardagi dolzarb masalalar o‘rganilib, bartaraf etildi. Bu…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport…

Murojaat fuqaro foydasiga hal qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda, iste’molchi 2023-yil oktabr oyida ikkilamchi bozordan kredit asosida avtomobil olish maqsadida “AVTOSEL KONSULT GRANT” MChJga murojaat qilgan. Shundan keyin, Navoiy shahardagi “Kapitalbank” tomonidan murojaatchiga 65 000 000 million so‘m kredit ajratilib “AVTOSEL KONSULT GRANT”…

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir al-Gargaviy davlatimiz rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.…

SAVOL:   – Uyg‘unlashtirilgan reklama nima?

SAVOL:   – Uyg‘unlashtirilgan reklama nima? JAVOB: Ug‘unlashtirilgan reklama — tovarlarning kino, audio va video mahsulotlardagi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar efiridagi, san’at asarlaridagi, tasvirlardagi, kompyuter o‘yinlaridagi hamda mavjud tovarga muvofiq bo‘lgan asosiy yoki ikkinchi darajali rekvizit, tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) tasviri yoki u haqida har qanday shakldagi eslatma tarzida boshqa asarlardagi reklamasi.   O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”ги…

Uy uchun to‘langan boshlang‘ich to‘lov uy vaqtida bitmaganligi uchun qaytarib berildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatda fuqaro 2020-yilda uy olish shartnoma asosida uyni bir yil ichida qurish sharti bilan “Farovon binokor servis” MChJ ga 34 750 000 so‘m mablag‘ni boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lagan. Jamiyat tomonidan uyni 2023-yilda ham qurib bitkizilmaganligi uchun fuqaro…