O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisidagi nutqi
Hurmatli kengash ishtirokchilari! Hurmatli Reno-Basso xonim! Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan qutlayman. Bugungi yig‘ilishimizda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo‘lgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimizni ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Kengash o‘tgan davrda o‘zining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etdi. Sizlarning sidqidildan ko‘rsatayotgan ko‘magingiz va alohida e’tiboringiz natijasida…











