Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 7 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan
Andijon davlat tibbiyot instituti
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman hokimligi
Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman sport maktablariga nisbatan
“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi.
Jumladan, 4 ta davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmaganligi sababli o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, kelgusida qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi hamda rozilik olinmasdan tashkil etilgan 3 ta davlat ishtirokidagi korxonani qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risida) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.