O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir al-Gargaviy davlatimiz rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.…