O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar! Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan…

Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasini tashkil etadi. Bu jihatlar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan va xalq ozodligi yo‘lida mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib,…

Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi

Shu kunlarda yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik pul mukofoti topshirilmoqda. Ularning holidan xabar olinib, mehr-ehtirom ko‘rsatilayotir. Yuz yosh bilan yuzlashib, hayotning barcha achchiq-chuchugini ko‘rgan bu insonlar uchun eng muhimi sog‘lik. Shuning uchun ularning salomatligini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda…

ISTE’MOL BOZORIDA NARXLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH USTIDAN NAZORAT

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doimiy monitoring qilib boriladi. Hozirgi kunda ichki iste’mol bozorlarida aholini asosiy turdagi tovarlar bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozorida mahsulotlarni ishlab chiqarishdan boshlab, yakuniy iste’molchiga sotish jarayonigacha bo‘lgan zanjirni tahlil qilish…

Yaltiroq qog’ozga mahliyo bo’lib iste’mol tovarini shunchaki sotib olmang!

Tovar haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi: – tovarning asosiy xususiyatlari ro‘yxati; – narxi va sotib olish shartlari; – ishlab chiqarilgan sanasi; – ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyati; – tovardan xavfsiz foydalanish qoidalari; – tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati; – ishlab chiqaruvchining guvohnomasi yoki litsenziyasi raqami; – tovarni ta’mirlash (xizmat ko‘rsatish) korxonalarining manzillari; – tovarlarni xavfsiz saqlash qoidalari. Huquqlaringizni…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Hamkorlik to’g’risidagi memorandum

Raqobat qo’mitasi hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri Kasbiy faoliyatning turli sohalarida ishlash uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga yo’naltirilgan individual maxsus o’quv kurslarini, mehnat bozorida talab qilinadigan, extiyoji yuqori mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturlariga yangiliklar kiritishdan iborat. Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama…

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 7-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali…