Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvar kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Suv tanqisligi tobora kuchayayotgan bugungi zamonda mamlakatimizda uni qadrlash, tejab foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda 472 ming gektar yer tomchilatib va 48 ming gektari yomg‘irlatib sug‘orishga o‘tkazildi, 97 ming gektarda boshqa suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. 649…

Fuqaroga nosoz avtomashina yangisiga  almashtirib berilishi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. 2023-yilning noyabr oyida, fuqaro B.S. tomonidan tadbirkorga qarashli avtosalonidan kafolat muddati bilan 289 900 000 so‘mga sotib olingan “CHERY ARRIZO 6 PRO”-rusumli avtomashina nosoz holatda ekanligi sababli, avtosalondan to‘lagan pullarini qaytarib olish yoki nosoz mahsulotning yangisiga almashtirib…

SAVOL: Sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan sifatsiz va yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari qanday yo‘q qilinadi?

FUQARODAN SAVOL: – Sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan sifatsiz va yaroqlilik muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari qanday yo‘q qilinadi? JAVOB: Ilhom Xabibullayev, Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi. Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va…

Fuqaroning Raqobat qo‘mitasiga qilgan murojaati o‘z yechimini topdi

Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga, 2023-yilning noyabr oyida, fuqaro tomonidan savdo do‘konidan kafolat muddati bilan 25 000 000 so‘mga sotib olingan uch g‘ildirakli yuk motoroller mahsuloti nosoz chiqqanligi sababli, mahsulot iste’molchiga maqbul kelmaganligi uchun, to‘lagan pullarini qaytarib ololmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masala yuzasidan amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan. Ushbu murojaatda qayd qilingan holatlarga oydinlik…

Yangi yilda investitsiya siyosatini amalga oshirish va “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-yanvar kuni investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yilda qilingan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi. O‘tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘pligi ta’kidlandi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinar ekan,…

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy…

O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz vatandoshlar! Jonajon diyorimizga yangi – 2024-yil kirib kelmoqda. Mana shu shukuhli damlarda duogo‘y otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha soha va tarmoqlar vakillarini, azmu shijoatli yoshlarimizni, chet ellardagi qadrli vatandoshlarimizni – ko‘pmillatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Muhtaram do‘stlar! Albatta, hayot bor ekan, uning yutuq va quvonchlari, tashvish va…

O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

Xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llamoqda. Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Mamlakatimizning pragmatik tashqi siyosati yuqori samara berayotgani,…

“Halol va ochiq raqobatni rivojlantirish: muammo va yechimlar” va Qo’mita tizimida korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida targ’ibot tadbiri

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib, quyidagilarni ma’lum qildi: “Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin, yil natijalari, korrupsiyaga qarshi e’lon qilingan…

TURKIYA RAQOBAT ORGANI RAHBARI BIROL KYULE BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 7-chi yig‘ilish tadbirlari doirasida Raqobat    qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  Farrux Karabayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule bilan uchrashuv o‘tkazdi. Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlarda  raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida hamkorliklar, tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda ilmiy izlanma va tadqiqotlarni qo‘llash va…