Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu qutlug‘ ayyomni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalari hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida: 1. 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga…