Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farruh Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi ochib berdi.
Ishtirokchilar MDH mamlakatlarida raqobat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni muhokama qilmoqdalar.
Shuningdek, marketpleys platformalarining shaffofligini oshirish va antimonopol komplayens tizimlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Har bir davlat delegatsiyasi ushbu choralarning qo‘llanilishi bo‘yicha o‘zaro tajribalarini almashmoqda.