MDH davlatlarining Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 43-yig‘ilishi boshlandi.

Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farruh Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi ochib berdi. Ishtirokchilar MDH mamlakatlarida raqobat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni muhokama qilmoqdalar. Shuningdek, marketpleys platformalarining shaffofligini oshirish va antimonopol komplayens tizimlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Har bir davlat delegatsiyasi ushbu choralarning qo‘llanilishi bo‘yicha o‘zaro tajribalarini almashmoqda.

Bugun Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari qatnashmoqda. Kun tartibidagi muhim mavzular raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish, narxlarni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.