YANGI XONADON UCHUN TO‘LANGAN BOSHLANG‘ICH TO‘LOV QAYTARILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro, xonadon sotib olish uchun “NAVOIY TINCH TEKSTIL” MChJ bilan 2023-yil noyabr oyida shartnoma tuzgan, shartnomada umumiy maydoni 69,1 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 594 260 000 so‘m qilib belgilangan va 100 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirgan,…

«Asl Belgisi» mobil ilovasi

O’zbekistonda mahsulotlar sifatini nazorat qilish uchun “Asl Belgisi” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Mobil ilova iste’molchilar markirovkalangan mahsulotlar ustidan mustaqil nazoratni amalga oshirishlari uchun yaratilgan. Mahsulotlar «Asl Belgisi» mobil ilovasi yordamida skanerlash mumkin bo’lgan kodlar (data-matriks) bilan belgilangan. Bunday funksiya mahsulot tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi va uning qonuniyligini belgilaydi. Ilova iste’molchiga: mahsulot va ishlab chiqaruvchi, tarkibi, yaroqlilik…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir Mikoyil Jabborov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ilgari erishilgan kelishuvlar…

O‘zbekiston Prezidenti OPЕK Xalqaro jamg‘armasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi. Davlatimiz rahbari OPЕK jamg‘armasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini qayd etib, O‘zbekistonda sanoat, infratuzilma, suv ta’minoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi. Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va YETTB rahbari sheriklikning yuksak darajasidan mamnunligini bildirdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida sheriklikning yuksak darajasiga erishilgani, yaqin va samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni  uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat avvalida Javdat Yilmaz davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada…

ISTE’MOLCHI HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.S “OFTOB MEDLINE” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan norozi bo‘lib qoldirgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatida fuqaro farzandini 2023-yil 23-fevralda “OFTOB MEDLINE” MCHJga qarashli klinikada o‘ng oyoq qismida (endoprotez) jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi, biroq ushbu jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tkazilmaganligi sababli, farzandini salomatligi…

SAVOL: Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi?

FUQARODAN SAVOL: Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi? JAVOB: Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining o‘rtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha…

ISTE’MOLCHI MANFAATI QONUN HIMOYASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga iste’molchilardan 2024-yil birinchi chorakda 6 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 85,8 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lib, 5,8 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan va qolgan 8,3 foizi murojaatlar ko‘rib chiqish jarayoniga olingan. Ushbu murojaatlardan iste’molchilar foydasiga 5,3 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilinishi taminlangan. Bunday murojaatlarning birida Raqobat qo‘mitasining…

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga

Aziz farzandlarim! Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Jonajon O‘zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g‘alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko‘pmillatli butun…