Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish xizmati rahbari Jenali Orozboyev bilan ikki tomonlama uchrashuvda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Xalilillo Turaxujayev mehmonni samimiy qabul qildi.
Janob Orozboyev delegatsiya iliq kutib olingani uchun minnatdorlik bildirdi va Qirg‘iziston Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish xizmatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. U o‘zaro tarixiy aloqalar va ikki xalqning ko‘p asrlik urf-odatlariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Uchrashuvda turkiy birdamlikning ahamiyati, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun asosiy omil ekani qayd etildi. Tomonlar…









