O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqi
Bismillahir rahmonir rahim! Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib janoblari! Barchangizni bugun “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Mo‘tabar bo‘lgan Makkaning ramziy darvozasi – go‘zal va betakror Jidda shahridagi tarixiy uchrashuvimizni anchadan beri kutayotgan edik. Ushbu nufuzli anjumanimizni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqani hamda tadbir yuksak saviyada tashkil…











