O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi…