Prezident Romitandagi mahallada mehmon bo‘ldi
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 3 ming 900 nafarga yaqin aholi yashaydi. Mahallaning drayveri hunarmandlik va issiqxona xo‘jaligi deyish mumkin. 200 gektar maydondagi issiqxonalarda bozorbop sabzavotlar yetishtirib sotiladi. Shuningdek, mebelsozlik, tikuvchilik, zardo‘zlik yaxshi rivojlangan. Prezidentimiz shu yerlik Halil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida bo‘ldi.…











