O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi. Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 6-oktabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan…














