18-may – Xalqaro muzeylar kuni

Mazkur sana munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining bir guruh xodimlari ishtirokida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi. Jumladan, tashrif davomida muzeyda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi. Muzeyga bo‘lgan sayohat…

“G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi.

Mazkur sana munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining bir guruh xodimlari ishtirokida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi. Jumladan, tashrif davomida muzeyda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi.

O‘zbekiston Prezidenti qo‘shma korkonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi ikkinchi kuni doirasida qator ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari XXR Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen hamrohligida shu kunlarda Sian shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Delegatsiyalar ikki mamlakatning sanoat, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalaridagi kooperatsiyasiga bag‘ishlangan stendlarni ko‘zdan kechirdi.…

O‘zbekiston Prezidenti Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan sheriklikning asosiy yo‘nalishlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi. O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Sizlar bilan yana ko‘rishib turganimdan g‘oyat xursandman. Hamkasblarimning fikrlariga qo‘shilgan holda, janob Rais Si Szinpinga “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvni o‘tkazish tashabbusi hamda an’anaviy iliq va samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman. Xitoy Raisiga dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, buyuk imperiya poytaxti bo‘lgan go‘zal Sianda bugungi uchrashuvimizni tashkil…

O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Sian shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etdi. Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va…

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Sian shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-may kuni Toshkent shahrida…

O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi 18 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralardan boshlandi. Uchrashuv ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Sian shahridagi “Shensi” qarorgohida o‘tdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin dastlab davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, mamlakatimizda Konstitutsiyani yangilash bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan tabrikladi va O‘zbekistonda…

Xalqaro seminar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminarda ishtirok etmoqda Bugun, 2023-yil 17-may kuni Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminar boʻlib o‘tmoqda. Mazkur seminar AQSH Xalqaro…

O‘zbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Sheriklik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi. Yangi Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi” doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir.…