O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentining inauguratsiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif davomida joriy yil 28-maydagi saylovda Turkiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari – davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va…

O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi. Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqara shahriga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 3-iyun kuni Anqara shahrida Turkiya Prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashkilotchilar qayd etishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.-

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENSGA MAS’UL XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi. “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tashkilotning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari…

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa Kengashi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqildi. Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz…

O‘zbekiston Prezidenti «Markaziy Osiyo – YI» sammitiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy…

YANA BIR FUQARONING MUAMMOSI HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro hududiy boshqarmaga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan: Zarafshon shahar 14-kichik daha hududida quriladigan B blok 9-qavatida joylashgan bir xonali, umumiy maydoni 52,11 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 198 000 000 so‘m qilib belgilangan. Xaridor…

Qirg‘izistonga tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi. Bugun davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevтCho‘lponota shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Nurmuhammad Amannepesov ham qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo…