Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz – har bir yoshga munosib sharoit yaratish
Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi. Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Bu boradagi eng muhim sohalardan biri ta’limdir. Shu maqsadda yangi muassasalar qurish bilan birga ta’limning mazmunini yaxshilashga ham e’tibor qaratilmoqda. 32-maktab joriy yilda kapital ta’mirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida…











