O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat avvalida Turkmaniston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.…











