Qo‘mitaga murojaat qilgan 6 nafar fuqarolarga 53 mln so‘mga yaqin sug‘urta to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Hayot turli tasodiflarga to‘la, gohida ko‘cha-ko‘ylarda avtomobillarning to‘qnashib ketishi kabi baxtsiz hodisalarga ham guvoh bo‘lamiz. Shundan so‘ng avtomashinalarni ta’mirlash uchun pul sarflash, vaqt ketkazish kabi tashvishlar boshlanadi. Avtomobillarni qayta ta’mirlashda sug‘urta to‘lovlari moddiy jihatdan birmuncha ta’minlaydi. Albatta, buning uchun fuqaro avvalo sug‘urtalangan bo‘lishi lozim. Ammo shunga qaramay, ba’zida yo‘l-transport hodisasiga uchraganlarning sug‘urta pullari kechikadi, yoki…