Avtomobilsozlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida bu sanoat tarmoqlari izchil modernizatsiya qilinmoqda. Logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, so‘nggi yillarda avtomobil ishlab chiqarish 3 barobar ko‘payib, joriy yil yakunida 415 ming donaga yetishi kutilmoqda. Sohada davlat monopoliyasini yo‘q qilish va raqobatni rivojlantirish…











